Paper content
Annotatsiya
: Ushbu maqolada O‘zbekiston aholisining mustaqillikdan so‘nggi yillardagi demografik rivojlanishi, uning soni, jinsiy tarkibi, hududlar bo‘yicha taqsimlanishi hamda urbanizatsiya jarayonlari batafsil tahlil qilingan. 1991-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda aholining o‘sish sur’atlari va ularning o‘zgarish dinamikasi ko‘rsatkichlar asosida yoritilgan. Maqolada shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining demografik jihatdan yuqori zichlikka ega bo‘layotgani, aholining shahar va qishloq joylarda joylashuvi hamda migratsiya oqimlarining urbanizatsiya jarayoniga ta’siri haqida so‘z yuritilgan. 2024–2025-yillarga oid statistik ma’lumotlar orqali mamlakatda demografik o‘sishning barqarorligi, tug‘ilish, nikoh, ajrim va vafot ko‘rsatkichlari tahlil etilib, ularning umumiy demografik holatga ta’siri o‘rganilgan.
Kirish qism (Introduction)
1991-yillarda mamlakatimiz hududida aholi soni 20.6million kishini tashkil etgan.Ulardan 10.4 million(50.6%) aholini ayollar tashkil etgan bo’lsa erkaklar 10.2 million( 49.4%) tashkil etgan.Viloyatlar kesimida Farg’ona 2.2 million aholi bilan yetakchi bo’lgan.Bu ko’rsatkich 2025-yilga kelib 4.1 million aholini tashkil etmoqa.2000-yillarda esa aholi soni 24.5 millionga oshdi va bu ko’rsatkich 2010-yillarda 28millionga yetdi.2010-yilda ayollar ko’rsatkichi 50.6% dan 49.9% tushdi va erkaklar ko’rsatkichi esa 49.4% dan 50.1% ga oshdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti – https://stat.uz
2. “O‘zbekiston Respublikasining demografik holati, 2024-yil yanvar–mart” statistik axboroti.
3. Jo‘rayev, R., G‘aniyev, A. Demografiya. — Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2015.
4. Tulaganov, X., Qudratov, A. Aholi geografiyasi va demografiyasi. — Toshkent: Universitet nashriyoti, 2020.
5.Abdurahmonov, Q.X. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar demografiyasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.